"Barselona"ning La Ligadagi quruq o'yinlari soni 23 taga etdi. Klub rekordi – 24 ta o'yin

Administrator
23 apr 2023
"Barsa" La Ligada yana "0"ga o'ynadi.

La Liga 30-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Barselona" "Atletiko"ni (1:0) kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng, "Barselona"ning La Liga doirasida gol o'tkazmagan o'yinlari soni 23 taga etdi. 

Chempionat yakunlanishiga sakkiz tur qolgani inobatga olinsa, "Barselona"da klub rekordini yangilash imkoniyati bor. Kataloniyaliklarning chempionatda quruq o'yin o'tkazish borasidagi rekordi 1986/1987 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda "Barsa" 24 ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia