"Barselona"ning bo'lajak futbolchisi koronavirusga chalindi

Ijara asosida "Valyadolid" sharafini himoya qilayotgan "Palmeyras" yarim himochisi Mateus Fernandesda koronavirus infekciyasi aniqlandi.

Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar qildi.

Shuningdek, "Valyadolid"ning yana ikki o'yinchisi virusga chalingani ma'lum qilingan, ulardan biri Oskar Plano ekani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Palmeyras" 21 yoshli braziliyalik futbolchini qishda "Real Valyadolid" klubiga ijaraga bergandi. Fernandes joriy yilning 1 iyulida "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Uning transferi "ko'k-anorranglilar" uchun 7 million evroga tushdi.


Manba: Mundo Deportivo