"Barselona"ning 7 muhim futbolchisi safardagi o'yinga bormaydi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018
"Barselona" 31 oktyabr kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Leonesa" mehmoni bo'ladi.

Kataloniya klubi ustozi jamoaning 7 nafar asosiy futbolchisini ushbu uchrashuvga olib kyetmaydi. Quyidagi o'yinchilar qaydnomaga kiritilmaydi: Mark-Andre Ter Shtegen, Xerard Pike, Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Filippe Koutino, Luis Suares va Xordi Alba.

Eslatib o'tamiz, "Leonesa" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 1 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1