"Barselona"ning 4000 dan ortiq muxlisi Milanga boradi

Sherzod Nurmatov
6 may 2025
Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Inter" bilan o'yinga Lissabon va Dortmundga sayohat qilganlardan ko'ra ko'proq muxlis yo'l oladi.

"Barselona" futbolchilari "Juzeppe Meacca" stadionida yolg'izlatib qo'yilmaydi. Lombardiyada ularni 3064 nafar klub a'zosi va 1027 nafar fan-klub a'zosi qo'llab-quvvatlaydi. Uchrashuv "Barselona" muxlislarining bu mavsumdagi eng katta guruhini o'ziga jalb qilishi bilan ahamiyatli bo'ladi, chunki kataloniyalik muxlislar soni Lissabondagi "Eshtadiu da Lush" va Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionlariga kelganlar sonidan oshishi kutilmoqda. 

Butun dunyodan jami 158 fan-klub sayohatga boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com