"Barselona"da inqiroz. Stadion nomining sotilishidan so'ng klub "Chelsi"ga Koutinoni xarid qilishni taklif qildi

Alisher
22 apr 2020, 18:00
"Barselona" o'yinchisi Filippe Koutino klubga kerakmas.

Kataloniyaliklar o'yinchidan uni sotib yuborish orqali qutulishmoqchi. Koutino ayni damda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda.

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona"dan Koutinoni xarid qilish bo'yicha taklif oldi. "Aristokratlar" bungacha o'yinchiga qiziqish bildirayotgan edi.

Braziliyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. "Bavariya"ga ijaraga berilgan futbolchi yozda klubga qaytib keladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Barselona" bir yilga "Kamp Nou"ning nomini sotishi ma'lum bo'lgan edi. Undan oldin esa ko'p jamoalarda bo'lgani kabi futbolchilarning 70% maoshi tushirilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports