"Barselona" yangi o'yinchi Vitor Rokening rasmiy taqdimotini ko'chirdi. Nega?

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2024
"Barselona" yangi o'yinchisi Vitor Rokening rasmiy taqdimotini ko'chirishga qaror qildi.

Kataloniya jamoasi avvaliga Rokeni o'z o'yinchisi sifatida yanvarda taqdim etmoqchi bo'lgan. Ammo, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati braziliyalik forvardning taqdimotini 5 yanvarga ko'chirishdi. "Barselona" tadbirni "Las-Palmas"ga qarshi La Liga doirasidagi bo'lajak o'yinga aralashtirishni xohlamagan.

"Las-Palmas" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya chempionati 19-tur o'yini 4 yanvarda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" Roke bilan 2031 yilning yoziga qadar shartnoma tuzdi. Bitimda tovon puli 500 million evro etib belgilangan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/RogerTorello