"Barselona" Xorvatiyaning ikkinchi ligasida to'p tepadigan 18 yoshli futbolchini 5 mln. evroga sotib oladi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2023
"Barselona" Xorvatiyaning "Kustoshi" klubi sharafini himoya qiladigan 18 yoshli Mikail Faye bilan shartnoma tuzishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" futbolchi borasida barcha kelishuvlarni amalga oshirgan va yaqin vaqt ichida hujjatlar imzolanadi. Transfer 5 mln. evro evaziga amalga oshadi.

18 yoshli himoyachi Xorvatiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Kustoshi" safida to'p tepadi. "Barselona" ushbu senegallikning kelajagi porloqligiga ishonmoqda. Fayega "Chelsi" va "Borussiya" Dortmund qiziqish bildirgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano