

Ispaniyaning "Barselona" va Angliyaning "Chelsi" klublari "Palmeyras"ning braziliyalik hujumchisi Estevao Villianni sotib olmoqchi, deb xabar berdi "Sunday Mirror".
Xabarlarga ko'ra, ikkala klub ham 16 yoshli Villian transferi ustida ishlamoqda. Braziliyalik futbolchining tovon puli – 51 million funt.
Estevao Villian joriy mavsum "Palmeyras" tarkibida 8 ta o'yinda harakat qilib, 4 ta to'p kiritdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.



