"Barselona" "Tottenxem" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
15 iyul 2020
"Barselona" "Tottenxem" yarim himoyachisi Rayan Sessenonga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi 20 yoshli angliyalik futbolchi borasida taklif tayyorladi. "Barselona" ikki yildan buyon Sessenonni kuzatmoqda.

Bundan tashqari, "Barselona" Pyanich bilan shartnoma imzolanganidan so'ng Ndombelega qiziqishni yo'qotgan.

Sessenon joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports