"Barselona" rahbariyatiga ishonmaydiganlarning soni 10 mingdan oshdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2017
"Barselona" prezidentligi uchun sobiq nomzod Agusti Benedito Kataloniya klubining amaldagi rahbariyatiga qarshi imzo yig'ishda davom etmoqda.

Benedito "Barselona"ning uyda o'tkazgan so'nggi ikki uchrashuvida Xosep Mariya Bartomeu boshchiligidagi klub rahbariyatiga qarshi 10 mingdan ortiq ovoz yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

Ishonchsizlik votumini e'lon qilish uchun 16 ming imzo yig'ish lozim. Hozircha qancha imzo yig'ilgani ma'lum emas. Tez orada Agusti Benedito bu haqda ma'lum berishi kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com