

Beneditoning fikricha, ayni damda klub boshqaruvida inqiroz kuzatilmoqda.
Ishonchsizlik votumini ilgari surish uchun 16 ming imzo kerak. Benedito bu ishni "Espanol", "Yuventus" va "Eybar"ga qarshi uy uchrashuvlarida amalga oshirmoqchi.
"Bartomeu iste'foga chiqishi kerak. U vaziyatni boshqarmayapti. "Barselona"da jiddiy boshqaruv inqirozi yuzaga keldi. Klubning 40 mingdan ortiq a'zosi meni qo'llab-quvvatlashga tayyor" - deydi Benedito.



