Rasman: “Portu” Argentina terma jamoasi posbonini o'z safiga qo'shib oldi

Agustin Marchesin faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

“Portu” klubi Meksikaning “Amerika” klubidan 31 yoshli argentinalik Agustin Marchesinni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Marchesin 2016 yildan beri “Amerika” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U o'tgan mavsum klub safida 45 ta o'yin o'tkazdi. Argentina terma jamoasida esa 5 ta bellashuvda maydonga tushdi.


Manba: Sport Express