"Barselona" pul bilan muammolar sabab Flikdan kamroq maoshga rozi bo'lishni so'radi

Alisher
26 may 2024, 00:58
Nemis murabbiyi Xavidan ko'ra kamroq maosh oladi.

Xans-Diter Flik "Barselona"da kamtarona maoshga rozi bo'ldi. Mutaxassis 5-6 mln evro maosh oladi.

Xavi bonuslar bilan birga 8-9 mln evro olardi. "Barselona" nemisga bunday narx klubning moliyaviy muammolari bilan bog'liqligini tushuntirdi. Kataloniyaliklar yozgi transferlarga bir necha million qoldirishmoqchi. Xavi kompensaciyalardan voz kechdi.

Flikning shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport