“Barselona” o'z safiga Kaseresni qo'shib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017
“Yuventus” sobiq himoyachisi Martin Kaseres faoliyatini “Barselona” klubida davom ettirishi mumkin.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, yaqin kunlarda kataloniyaliklar Kaseres bilan muzokaralarni boshlaydi. “Barselona” himoyachisi Aleyks Vidal jarohat olgani sababli klub rahbariyati 29 yoshli Kaseresning xizmatiga extiyoj sezgan.

Vidalning 5 oyga safdan chiqqanligi aytilmoqda. Ayni paytda Kaseres ozod agent maqomida bo'lib turibdi. Uning “Yuventus” bilan shartnomasi o'tgan yilning yozida o'z kuchini yo'qotgandi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: