"Barselona" osiyolik futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2023, 13:50
Ispaniyaning "Barselona" klubi "Ayntraxt" hujumchisi Daichi Kamadani o'z safida ko'rmoqchi.

Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, Kataloniya klubi 26 yoshli hujumkor yarim himoyachini 2023 yil yozida bepul qo'lga kiritmoqchi. Yaponiyalik futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi aynan yozda tugaydi. "Barselona" yarim himoyachi borasida so'rov yubordi.

Germaniyada Kamada yozda aniq "Ayntraxt"dan ketadi deb hisoblashmoqda.

Bu mavsum Daichi "Ayntraxt" safida barcha musobaqalarda 12ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo