"Barselona" Moribani Germaniyadagi yig'inga olmadi. Tomonlar shartnoma bo'yicha kelisha olishmayapti

Alisher
28 iyul 2021
"Barselona" va xavbek Ilaysh Moriba hali ham shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmayapti.

"Ko'k-anorranglilar" bugun mavsumoldi tayyorgarlikni davom ettirish uchun Germaniyaga yo'l olishdi, ammo 18 yoshli futbolchi yig'inga olinamadi.

Moriba "Barselona" taklif qilayotgan shartnoma shartlaridan norozi. U o'tgan mavsumdagi ishtiroki orqali ko'prog'iga loyiqman deb hisoblamoqda.

Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca