"Barselona" Messining xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazishi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2023
"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messining xayrlashuv uchrashuvi keyingi yil ta'mirdan chiqqan "Kamp Nou"da bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi ushbu bahsni 2024 yilning 29 noyabr sanasiga rejalashtirmoqda. Bunga yana bir sabab klubning 125 yillik yubileyi bo'ladi.

Xabarda aytilishicha, agar barchasi reja bo'yicha ketsa, Messi "Barselona" afsonalari safida dunyo futboli afsonalariga qarshi harakat qiladi. Bu o'yinga Serxio Ramos, Zinedin Zidan, Devid Bekxem, Garet Beyl, Zlatan Ibragimovich va Diego Simeone taklif olib ulgurgan. Agar imkon topa olsa, Krishtianu Ronalduning kelishi ham kutilmoqda. Bundan tashqari ushbu o'yinda Jon Terri, Frenk Lempard, Stiven Jerrard va Fernando Torres ham bo'lishi mumkin.

Shou o'yin uchun chipta narxi 250 evrodan boshlanishi taxmin qilinmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footballtransfers.com