"Barselona" Markos Alonsoni xarid qilishi mumkin

Alisher
1 may 2022
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso Ispaniyaga qaytishi mumkin.

31 yoshli ispaniyalik futbolchiga Jordi Albaga o'rinbosar izlayotgan "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Alonso so'nggi bor Ispaniyada "Real"ning yoshlar jamoasida harakat qilgan.

Futbolchi joriy mavsum "Chelsi" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 15 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes