"Barselona" Lautaro uchun Vidal, Semedu va 70 million evro taklif qildi, ammo "Inter"...

Alisher
23 mar 2020
"Barselona" mavsum yakunlangandan so'ng "Inter" forvardi Lautaro Martinesni xarid qilmoqchi.

Kataloniyaliklar 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun xavbek Arturo Vidal va himoyachi Nelson Semeduni, shu bilan birgalikda 70 million evro taklif qilishdi, ammo Milan klubi bunga rad javobini berdi.

Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. "Neradzurrilar" Lautaro uchun 111 million evro tovon puli talab qilishmoqda.

"Barselona" o'yinchining o'ziga 10 mililon evro maosh berishga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira