"Barselona" Langleni ro'yxatdan o'tkazdi, lekin u Saudiya Arabistoniga kyetib qolishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
25 avg 2023
"Barselona" fransiyalik futbolchi Kleman Langleni rasman o'z futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazdi.

U 10+5 million evro evaziga "Al Nassr"ga o'tishga yaqin kelgandi. Biroq yakunda Saudiya jamoasi ushbu transferdan voz kechdi. 

Futbolchi ro'yxatdan o'tkazilganiga qaramay, u transfer oynasi yopilguncha klubdan ketishi mumkin. Chunki bosh murabbiy Xavi yangi mavsumda unga katta ishonch bildirayotgani yo'q. 

O'z navbatida himoyachi ham yoz oxirigacha o'ziga yangi jamoa topishiga ishonmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca