"Barselona" Lamin Yamalga uzoq muddatga mo'ljallagan shartnoma taklif qiladi

Khoja
17 sen 2024
"Barselona" Lamin Yamalga yangi shartnoma taklif qiladi.

Marca xabariga ko'ra, Kataloniya klubi kelasi yozda Lamin Yamal 18 yoshga to'lgach, u bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytiradi. Ispaniyalik vingerga sezilarli darajada yaxshilangan kelishuv taklif etilishi kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, hozirda 17 yoshli futbolchi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 1,5 million evro maosh olmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com