"Barselona" La Ligadagi so'nggi 7 ta o'yinda ilk marta gol o'tkazib yubormadi

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2021
"Barselona" La Liga doirasida "Espanol"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Kataloniyaliklar chempionatning so'nggi 7 ta o'yinida ilk marotaba "quruq o'yin" ko'rsatishdi. So'nggi 6 ta o'yinda jamoa 10 ta gol o'tkazib yuborgandi. 

Oxirgi marta "Barsa" La Ligada 26 sentyabr kuni "Levante"ga qarshi o'yinni (3:0) gol o'tkazmasdan yakunlagandi. 

Keyingi turda "Barselona" 27 noyabr kuni "Vilyareal"ga qarshi o'yin o'tkazadi.  






Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia