

Kataloniyaliklar rahbariyati Movistar Televisión platformasi bilan iyun oyi oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Klubning "Barsa" telekanali yopilishi munosabati bilan 150 ga yaqin xodim ishdan bo'shatilishi haqida payshanba kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ma'lum qilingan.
"Barselona" rahbariyatining qarori La Liganing moliyaviy feyr-pley borasidagi talablari bilan bog'liq. Rahbariyat ayni damda klub imiji va translyatsiya kontentini saqlab qolishning yangi usullarini izlamoqda.



