"Barselona" Kimmix bilan shartnoma imzolashdan umidini uzmagan

Alisher
20 dek 2024
"Bavariya" xavbeki Yozua Kimmix Ispaniyaga yo'l olishi mumkin.

O'yinchini "Barselona" kuzatmoqda, bu haqda Kristian Falk xabar bermoqda.

29 yoshli futbolchini shaxsan Xans-Diter Flik jamoasida ko'rmoqchi. O'yinchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.

Kimmix joriy mavsum "Bavariya" safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt Yozuani 50 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern