"Barselona" kelishilgan narxga Reshfordni to'liq sotib olishni xohlamayapti

Administrator
14 yanv 2026
"Barselona" Markus Reshfordni jamoada saqlab qolish ustida ishlamoqda.

"Barselona" "Manchester Yunayted"dan Markus Reshfordni doimiy asosda o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qilmoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, yanvar oyida "Barselona" va MYU vakillari uchrashuv o'tkazishgan. Unda Kataloniya klubida ijara asosida to'p surayotgan hujumchining to'laqonli transferi variantlari muhokama qilingan. "Barselona" Reshfordni 30 million evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanishni istamayapti. Kataloniyaliklar MYUga kamroq summa taklif qildi, shuningdek, muayyan shartlar asosida sotib olish majburiyati bilan futbolchini qayta ijaraga olish variantini ham ko'rib chiqishni so'ragan.

Xabar qilinishicha, "Barselona" Reshfordni saqlab qolishni xohlayapti, futbolchining o'zi ham doimiy transferga qiziqish bildirmoqda. Klublar mavsum yakuniga yaqin muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirgan.

"Barselona" safida La Ligadagi 18 ta o'yinda Reshford 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/JacobsBen