"Barselona" kelasi yoz uchun ikkita top-transferni rejalashtirgan

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025
"Fichajes"ning xabar berishicha, "Barselona" kelgusi yozda ikki yulduz futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Kataloniyaliklar "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni va "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 180 mln evro tayyorlamoqda. Ular italiyalik uchun 80 mln, argentinalik uchun esa 100 mln evro taklif qilishga tayyor.

Bastoni A Seriyaning joriy mavsumida 2 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Alvares La Ligada 3 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Mole