"Barselona" jumagacha bir nechta futbolchisini sotib yuborishga urinib ko'radi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023
"Barselona" juma kuniga qadar bir nechta futbolchisini sotib yuborishga harakat qiladi.

Nega aynan juma deysizmi? Aynan 30 iyun, juma kuni, moliyaviy yil yakuniga etadi. Klub markaziy himoyachilar Kleman Lengle va Samyuel Umtiti, o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest va yarim himoyachi Aleks Kolyadoni sotuvga qo'ygan. Eslatib o'tamiz, bu futbolchilarning barchasi oxirgi mavsumni turli klublarda ijarada o'tkazgan.

Qayd etish lozim, Langle xizmatlariga "Tottenxem", Aleks Kolyadoga esa "Las-Palmas" tomonidan qiziqish bor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: skysports.com