"Barselona" futbolchisi Xorvatiya klubiga o'tdi

Alisher
20 iyul 2022
Mussa Vage "Barselona"dan ketdi va Xorvatiya klubiga o'tdi

23 yoshli himoyachi faoliyatini "Gorica" jamoasida davom ettiradi.

Kataloniya klubi senegallik futbolchining keyingi sotuvidan foiz olishini qayd etdi.

"Barselona" 2018 yilda Vage bilan besh million evro evaziga shartnoma imzolagan edi. O'yinchi Ispaniyaga Belgiyaning "Eypen" klubidan o'tgan edi.

Vage 2020 yilda Gretsiyaning PAOK jamoasida olgan jarohati sabab deyarli ikki yil rasmiy o'yin o'tkazmadi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com