"Barselona" "El Klasiko" uchun tayyorlangan maxsus libosini namoyish etdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023
"Barselona" klubi Ispaniya La ligasining 11-turida azaliy raqibi "Real"ga qarshi o'tkaziladigan "El Klasiko" uchun tayyorlangan maxsus formani taqdim etdi.

Kataloniyaliklar “Rolling Stones” musiqiy guruhi logotipi tushirilgan formada maydonga tushadi.

"Barselona" va "Spotify" kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik doirasida musiqa guruhining logotiplari bilan "El Klasiko"da ishtirok etish imkoniyati bo'yicha kelishuvga erishildi. 20 oktyabr kuni "Rolling Stones"ning "Hackneys Diamonds" albomi chiqadi. Bu guruhning 18 yil ichida chiqargan birinchi albomi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Real” o'yini 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia