"Barselona" "Benfika"ga qarshi CHL doirasidagi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi

Alisher
28 sen 2021
"Barselona" matbuot xizmati Chempionlar Ligasi 2-tur doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Ro'yxatdan jarohatidan so'ng tiklanishga ulgurmagan Usmon Dembele, Serxio Aguero, Jordi Alba va Martin Breytueyt o'rin olmadi.

Pedri va Serxio Roberto jamoaning umumiy guruhiga qaytishdi.

Eslatib o'tamiz, "Benfika" - "Barselona" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.





AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona