

"Bitta markaziy himoyachi ketadi, ammo Ronaldning ketishi bizning rejalarimizga kirmaydi. U o'tgan yili nohaq tanqidga uchradi. Bu dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri", - dedi Deku.
Arauxo 2020 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilmoqda. Urugvaylik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.



