"Barselona" 30 mln. evro evaziga "Fiorentina" futbolchisini sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2023
"Barselona" Sofyan Amrabatga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Fiorentina" yarim himoyachisi ispan klubining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Futbolchi ham Kataloniyaga ko'chib o'tmoqchi.

Italiyaliklar "Barselona"dan munosib taklif kutmoqda. "Fiorentina" o'z futbolchisini kamida 30 mln. evroga sotmoqchi.

Amrabat so'nggi mavsum A Seriyaning 29ta uchrashuvida 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport