

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, hafta oxirida ingliz forvardi Kataloniya poytaxtiga keladi, tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi. Klublar o'rtasidagi yuridik masalalar hal qilingan, transfer rasman yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Tavares "Norvich Siti" U18 jamoasida chap vinger sifatida o'ynaydi. U asosiy tarkibda rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan, ammo iyul oyida Niderlandiyaning "Volendam" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etgan. Angliya U-17 terma jamoasida 4 ta o'yin o'tkazgan.



