"Barsa"ning sobiq prezidenti: "Hozirgi "Bavariya" o'yinchilaridan kimnidir kelajakda eslashlariga shubha qilaman"

Alisher
14 avg 2020
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gaspar CHL chorak finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Bavariya" sobiq o'yinchilari Elber va Lotar Matteus, shuningdek Myunxen klubi boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummeniggening so'zlariga javob qaytardi.

"Agar ular biz 5 yil oldingidek jamoa emasmiz deyishsa, men aytishim mumkinki, hozirgi "Bavariya" 20 yil oldingidan ko'ra ancha zaif.

"Bavariya"ning hozirgi tarkibidagi futbolchilarni kelajakda kimdir eslashiga qattiq shubha qilaman.

"Barselona"ning uch xil muxlislari bor: pessimistlar, yani yomon narsalarni ko'radiganlar, ular prezidentlik saylovlarida ta’sir ko'rsatadi deb "Barsa"ning yutqazishini xohlashadi. Men uchun bu guruh - "Barsa"ning muxlislari emas.

Yana bir guruh borki, men o'zimni ular orasida deb hisoblayman. Bu g'alabaga ishonadiganlar guruhi", - deydi Gaspar.


AlisherMuallif
Manba: SER Catalunya