"Barsa"ning 19 yoshli xavbeki de la Fuente AQSH terma jamoasida debyut qildi. U hali klubning asosiy jamoasida o'ynamagan

Alisher
13 noya 2020
AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Konrad de la Fuente Uels (0:0)ga qarshi o'yinning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 71-daqiqada almashtirildi.

Bu "Barselona B"ning 19 yoshli o'yinchisi uchun terma jamoasi tarkibidagi debyut o'yin bo'ldi.

Shu bilan birga de la Fuente Kataloniya klubining asosiy jamoasida hali birorta ham o'yinda maydonga tushmagan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning yana bir o'yinchisi Serjino Dest ham AQSH terma jamoasida to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive