

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Mundo Deportivo'ning ma'lumotiga ko'ra, bitim narxi 35+10 mln evroni tashkil etadi. Roke 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi, tovon puli – 1 mlrd evro. Braziliyalik "Barselona"ga yanvarda qo'shiladi.
Qayd etish kerakki, "Atletiko Paranaense" bitimga 18 yoshli o'yinchining "Oltin to'p" uchun kurashda top-3ga kirishi va ushbu mukofotni yutishi uchun klubga bonusni kiritdi.
Forvard joriy mavsum "Atletiko Paranaense" safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.



