"Barsa" Reshfordni ro'yxatdan o'tkazdi. MYUdan ijaraga olingan hujumchi 1-turda "Malorka" bilan o'ynashi mumkin

Alisher Ostonov
16 avg 2025, 15:33
Markus Reshford "Malorka"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

27 yoshli forvard La Liga tomonidan rasman ro'yxatga olindi va "Barselona"ning mavsum uchun qaydnomasiga kiritildi.

Reshford chempionatning 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" yozda Reshfordni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan edi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/LaLiga