"Barsa" Olmo borasidagi muzokaralarni to'xtatdi. Ferran Torres - kataloniyaliklarning maqsadi

Alisher
30 noya 2021
"Barselona" "RB Leyptsig" xavbeki Dani Olmoning transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Kataloniya klubi hozirda ko'proq "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torresga e'tiborini qaratmoqda.

"Barselona" vakillari Olmoning agenti bilan ushbu haftada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvni ko'chirishdi.

Shunga qaramay, Kataloniya klubi hujumkor yarim himoyachiga juda xayrixoh. Futbolchining o'zi 2007-2014 yillarda faoliyat yuritgan klubining bosh jamoasida o'ynashni xohlaydi.

23 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport