"Barsa" Langleni "Tottenxem"ga xarid qilish huquqisiz ijaraga berdi va maoshining bir qismini to'laydi (Fabricio Romano)

Alisher
8 iyul 2022
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle "Tottenxem"ga o'tdi.

Londonliklar 27 yoshli fransiyalik futbolchini xarid qilish huquqisiz ijaraga olishdi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Langlening maoshi klublar orasida taqsimlanadi.

Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano