Barchasi "Santos" uchun. Neymar sevimli jamoasi uchun operaciyadan voz kechdi

Khoja
29 noya 2025
Bugun "Santos" o'z uyida "Sport Resifi"ni mag'lub etib, turnir jadvalida o'z o'rnini ancha yaxshilab oldi.

Ushbu bahsda Neymar gol urdi va yana bitta golga assistlik qildi. 

Yaqindagina Neymar uchun mavsum tugagani haqida yozilgan edi. Shifokor unga operaciya qilish zarurligini aytgan. Ammo, Neymar hozircha hech qanday operaciya qildirmasligini va quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida turgan "Santos"ga so'nggi turlarda yordam berishini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, "Santos" ayni vaqtda turnir jadvalida 41 ta ochko bilan 15-pog'onada ketmoqda. Jamoa B Seriyaga tushib ketadigan 17-o'rindagi jamoani 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

"Santos" so'nggi ikkita turda "Juventude" va "Kruzeyro"ga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: @qosimovt