Ballak "Barselona" - "Chelsi" o'yinidagi hakamlik haqida: "Hammasi avvalgidek"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2018, 13:07
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak o'z "tvitteri"da "Barselona"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

"Hammasi avvalgidek" - deydi Ballak.

Bu gaplari bilan Ballak ushbu jamoalar o'rtasida o'tkazilgan 2008/2009 mavsumdagi o'yinga ishora qildi. O'sha bahsda uchrashuv bosh hakami Tom Xenning Evrebyo "Chelsi" foydasiga bir nechta penaltini bermagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com