Bahodir Shaymardonov: "Juda qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik"

Sherzod Nurmatov
26 mar 2022
Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Turon" – "G'ijduvon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Shaymardonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Qiziqarli va chiroyli o'yin guvohiga aylandik. "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz yigitlari yaxshi o'yin namoyish etishdi. Afsuski, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiy maqsadimiz qarshi hujumda gol urish edi. Xatolar ustida ishlaymiz.

- Legioner futbolchi Estevan Ospinaning almashtirilishiga sabab nima bo'ldi?

- Ospina hozir to'liq tayyor emas. Shu sababdan uni bir bo'lim davomida o'ynatib, jismoniy imkoniyatlarini oshirib bormoqdamiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia