Bahodir Ahmedov: "Futzal o'zi shunaqa sport turi. Maydon kichkina va gol bo'lish ehtimoli juda yuqori"

Administrator
11 okt 2023
Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Iroq (3:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

 - Qiziqarli o'yin bo'ldi. Iroq terma jamoasi juda yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Bugungi bahs tomoshabop va muxlislarga yoqadigan tarzda o'tdi deb o'ylayman.

- Hisob 1:1 bo'lgan vaqtda muxlislar bir oz xavotirda qolishdi...

- Futzal o'zi shunaqa sport turi. Maydon kichkina va gol bo'lish ehtimoli juda yuqori.

- Navbatdagi turnirlar haqida...

- Endi Tayland davlatida o'tadigan musobaqada ishtirok etamiz. Mart oyida tashkil etiladigan ushbu turnir juda qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. Sababi u erda barcha saralangan terma jamoalar ishtirok etadi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia