BAA. "Xatta" "Al Nasr"ga yutqazdi, Doston Hamdamov...

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 18-tur bahslari davom etadi.

Bugun chempionat autsayderi "Xatta" jamoasi Dubayda mehmon bo'lib, "Al Nasr"ga imkoniyatni boy berdi (2:0). E'tiborli jihati, hamyurtimiz Dostonbek Hamdamovning transfer huquqi Dubay klubiga tegishli bo'lsa-da u ijara asosida "Xatta" sharafini himoya qilmoqda. Hamdamov bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

"Al Nasr"ga g'alaba keltiruvchi gollar Rayan Mendes va Jassim Salmonning nomiga yozildi. Dubay jamoasi musobaqaning ortda qolgan 18 turidan keyin 33 ochko bilan 4-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Xatta" chempionatning asosiy autsayderiga bo'lib turibdi (TURNIR JADVALI).

"Sharja" va "Shabab Al Ahli"ning asosiy tarkibi ma'lum. Hamyurtlarimiz maydonga tushishadimi?        


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar