BAA chempionati. Shukurov to'liq o'ynagan uchrashuvda “Sharja” irodali g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2020, 00:25
Musobaqa 2-turi doirasida “Sharja” o'z maydonida “Al Vahda”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

O'yinda hisobni mehmonlar sloveniyalik forvard Tim Matavjning aniq zarbasi evaziga ochishdi. 68-daqiqada Velliton gol urib, oradagi muvozanatni tikladi. Asosiy bo'lim yakunlanishiga oz qolganida esa Shahin Abdulrahmon raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga irodali g'alaba olib keldi – 2:1!

Otabek Shukurov esa “Sharja” safida o'yinni to'liq o'tkazdi. Jamoa ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va jadvalda 2-o'ringa ko'tarildi. Xuddi shuncha ochkoga ega “Baniyas” esa to'plar nisbatiga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. “Sharja” keyingi turni 30 oktyabr kuni safarda “Al Ain”ga qarshi o'tkazadi.

“Sharja” – “Al Vahda” 2:1 (0:1, 2:0)

“Sharja” o'yingohi

Gollar: Matavj 29, Velliton 68, Abdulrahmon 89


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia