BAA chempionati. “Sharja” raqibni tor-mor etdi, Shukurov esa 61 daqiqa o'ynadi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
3 noya 2020, 21:20
Musobaqa 4-turi doirasida “Sharja” o'z maydonida “Al Dafra”ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida braziliyalik legionerlar porlashdi. Hujumchi Velliton xet-trikka erishgan bo'lsa, yarim himoyachi Igor Koronado dublni rasmiylashtirdi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Otabek Shukurov esa 61-daqiqada zaxiraga olindi va uning o'rniga Xolid Bavazir tushdi.

“Sharja” yuz foizlik ko'rsatkich, yani, 12 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa keyingi uchrashuvini 20 noyabrda “Al Nasr”ga qarshi o'tkazadi.

“Sharja” – “Al Dafra” 5:0 (3:0, 2:0)

“Sharja” stadioni

Gollar: Koronado (pen) 21, 45, Velliton 37, 49, 64.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia