Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi OFK Kubogi–2017 pley-off uchrashuvini boshqaradi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2017
O'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov OFK Kubogi–2017 turniri Junabiy mintaqasi pley-off bosqichidan o'rin olgan “Valensiya” (Maldiv) – “Mohun Bagan” (Hindiston) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Aziz Asimovga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini o'zbekistonlik Dmitriy Pislegin bajaradi.

Uchrashuv komissari etib filippinlik David Duayt Baldoza Penano tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Anaz Hakan ishlaydi.

“Valensiya” va “Mohun Bagan” o'rtasidagi uchrashuvi 21 fevral kuni Maldiv poytaxti Male shahrida bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com