Azamat Allaniyazov faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi

Superliganing 12-turida “Navbahor” o'z maydonida “Metallurg”ni (3:0) yirik hisobda taslim etdi.

Mazkur bellashuvda namanganliklarga g'alaba keltirgan gollarga “Navbahor”ning qoraqalpog'istonlik hujumchisi Azamat Allaniyazov mualliflik qildi. E'tiborli tomoni, u ikinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va raqib darvozasini uch bor ranjitdi.

Umuman Allaniyazov bugungi gollari bilan mamlakat chempionatidagi jami gollari sonini 30 taga etkazdi. U bungacha “Nasaf” tarkibida 23 ta, “Qizilqum”da 2 ta, “Buxoro” da  2 ta gol urishga erishgandi. 


Manba: championat.asia