

"Bugun ayollar Oliy ligasining 24-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, so'nggi daqiqalarda Farg'onada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Neftchi-W va Sevinch jamoalari o'rtasidagi o'yin bekor qilindi.
Bunga sabab, Neftchi-W jamoasi futbolchilari bir necha oydan beri maosh to'lanmaganligi sababli maydonga chiqishdan bosh tortishgan. Musobaqa reglamentiga ko'ra, ushbu o'yinda Neftchi-W jamoasiga texnik mag'lubiyat qayd etildi.
Hozirda Navbahor-W va So'g'diyona-W jamoalarida ham shunga o'xshash muammolar mavjud.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu voqeani e'tibordan chetda qoldirmaydi va futbolchilarga ish haqlarining to'lanishi hamda ayollar futbolida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan masalani qatiy nazoratga oladi", - deyiladi xabarda.
Oldinroq, Championat.Asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev bu haqda o'z telegram sahifasiga yozdirib qoldirgan edi.



