Ayollar futboli va futzal bo'yicha Oliy liga vakillari nomi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2018
Mavsum boshlanishiga atigi ikki kun qoldi. Bahorning birinchi kunida yangi, islohot qilingan, o'zgacha ko'rinishdagi mavsum start oladi.

Superliganing 12ta jamoasi g'oliblik uchun bahsga kirishadi.

Ertaga, 28 fevralda esa Superligadan keyingi mavqeda turuvchi Pro-liga, shu bilan birga ayollar va futzal bo'yicha mamlakat chempionatining navbatdagi mavsumiga, shuningdek, O'zbekiston Kubogiga qur'a tashlanadi. O'zbekiston futbol federatsiyasi hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan maxsus ishchi guruhning futbol klublari va uning infratuzilmasida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan o'rganish xulosasiga ko'ra qabul qilingan O'zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosining 2018 yil 26 fevraldagi 9-son qaroriga binoan quyidagi ayollar va futzal jamoalari mamlakat chempionatining Oliy ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Bular,

Ayollar jamoalari:
1."Sevinch” (Qarshi)
2."Metallurg” (Bekobod)
3."Bunyodkor” (Toshkent)
4."Paxtakor” (Toshkent)
5."Navbahor” (Namangan)
6."Buxoro” (Buxoro)
7."Qo'qon-1912” (Qo'qon)
8.AGMK (Olmaliq)
9."Lokomotiv” (Toshkent)
10."Qizilqum Guli” (Navoiy)
11."So'g'diyona” (Jizzax)
12."Neftchi” (Farg'ona)
13."Andijanka” (Andijon)
14."Sho'rtan” (G'uzor).
 
Futzal jamoalari:
1."Lokomotiv” (Toshkent)
2."Bunyodkor” (Toshkent)
3."Paxtakor” (Toshkent)
4."Nasaf” (Qarshi)
5."Navbahor” (Namangan)
6."So'g'diyona” (Jizzax)
7.AGMK (Olmaliq)
8."Buxoro” (Buxoro)
9."Metallurg” (Bekobod)
10."Qizilqum” (Navoiy)
11."Qo'qon-1912” (Qo'qon)
12."Neftchi” (Farg'ona).
 
Avval xabar berganimizdek, Pro-liga, ayollar va futzal jamoalari o'rtasidagi mamlakat chempionatlariga, shuningdek, O'zbekiston Kubogiga 28 fevral, chorshanba kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz